Thu. May 23rd, 2024

Qo‘qon shahrida Prezidentimiz tomonidan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida belgilab berilgan yangi vazifalar mo‘hokama etilmoqda.

 

Xususan, 51-“Zilol” mahallasida Qo‘qon shahar Xotin-qizlar Kengashi raisi, shahar hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Lolaxon Nazirova boshchiligidagi targ‘ibotchilar guruhi yangi islohotlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik vakillariga tushuntirib berdilar.

 

Ma’naviyat va ma’rifat markazi, mahalla bo‘limi mutasaddilari va boshqa mas’ullar ishtirokida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, shuningdek, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish, gender tenglikni qaror toptirish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan muhim chora-tadbirlar xususida ma’lumot berildi.