O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filialida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Qo‘qon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan tashkil etilgan yarmarkada 100 dan ziyod xususiy va 80 ga yaqin davlat korxonalari hamda 30 nafardan ziyod hunarmandlar tomonidan 1000 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.
Yuzlab fuqarolar va ayniqsa ko‘plab ishsiz yoshlar tashrif buyurgan aksiyada 75 nafar fuqarolarga ishga yo‘llanmalar berilib, 12 nafari shu bugun ishga joylashtirildi.
Yarmarkaga Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va sektorlar rahbarlari ham tashrif buyurib, 16 nafar ishsiz yoshlarga subsidiya asosida tikuv mashinalarini topshirdilar.
20 nafar ishsiz fuqarolar “Qo‘qon Mexanika zavodi” AJ qoshida tashkil etilgan “Innovasion o‘quv markazi”ga kompyuter operatori yo‘nalishida kasb-hunarga o‘qitish uchun yo‘naltirildi.
230 nafar fuqarolarga mehnat qonunchiligi doirasida huquqiy maslahatlar berildi.