Tue. Apr 16th, 2024

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

 

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, Qo‘qon shahar Kengashi deputatlari, korxona, tashkilot, idoralar, o‘quv muassasalari rahbarlari, mahalla raislari, jamoat va yoshlar tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

 

Marufjon Usmonov so‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilgan tub islohotlar, Yangi O‘zbekistonni barpo etish va uni jahonga tarannum etish borasida erishilgan muhim natijalar xususida to‘xtalib o‘tdi.

 

“Eng asosiysi, qo‘qonliklar va barcha vatandoshlarimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarib, ular islohotlar samarasini kundalik hayotida his qilib yashamoqdalar” – dedi Qo‘qon shahar hokimi.

 

Marufjon Usmonov mutasaddilarga bayram arafasida va bayram kunlari “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturini amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

Shuningdek, shahar hokimi Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, mahallalardagi ijtimoiy muammolarni hal etishda open byudjet tizimi imkoniyatlaridan keng foydalanish yuzasidan topshiriqlar berdi.

 

Yig‘ilishda Qo‘qon shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik Nurullo Sultonovning Qo‘qon shahrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat tartibini ta’minlash yuzasidan, Qo‘qon shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sherzodjon Dehkonovning aholi murojaatlari bilan ishlash va targ‘ibot-tashviqot ishlarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha axborotlari tinglandi.

 

Shahar hokimi aholi salomatligini asrash, patronaj xizmatini yuqori saviyada tashkil etish, reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar nazoratida tibbiyot muassasalari va mahalla tizmining samarali hamkorligini tashkil etish bo‘yicha ham mutasaddilarga vazifalar belgilab berdi.