Endilikda quyosh panellarini sotib olishga imkoniyati bo‘lmagan o‘rta va kichik biznes subyektlari elektr energiyasini o‘z hududida o‘rnatilgan uskunalardan olib, iste’mol qilgan hajmi uchun haq to‘lash imkoniyati yaratiladi.
Qo‘qon shahar hokimligida o‘tkazilgan muzokaralarda Hitoyning “OSDA” kompaniyasi vakillari ushbu yangi xizmat turini shahrimizda keng joriy etish bo‘yicha taklif bildirdilar.
“OSDA” quyosh panellarini o‘z hisobidan o‘rnatib beradi va xizmat ko‘rsatishni ham o‘z zimmasiga oladi. Tadbirkorlardan faqatgina iste’mol qilgan energiyasi uchun to‘lash talab etiladi.