Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mutasaddilar ishtirokida “Issiqlik manbai” korxonasiga qarashli qozonxonani ko‘zdan kechirib, mutasaddilarga Prezidentimizning “Issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish va issiqlik ta’minoti korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida modernizatsiya qilish va hududdagi qo‘p qavatli uylarni qisqa muddatda issiqlik energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Avval xabar berganimizdak, Qo‘qon shahridagi barcha ko‘p qavatli uylar endilikda hududiy qozonxonalardan issiq suv va issiqlik energiyasi bilan ta’minlanadigan tizimga o‘tkaziladi.
Kogenerasion gaz turbinasi texnologiyasi asosida modernizatsiya qilinadigan qozonxonalar 40% gacha energiyani tejash va atrof muhitga yetkaziladigan zararni kamaytirishga xizmat qiladilar.