Sat. Apr 20th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ijtimoiy ro‘yxatlarga kiritilgan fuqarolar bilan mahallabay ishlash bo‘yicha o‘tkazilgan viloyat videoselektr yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan mutasaddilarga vazifalar belgilab berdi.

 

Shahar hokimi ijtimoiy ro‘yxatlardagi ayollarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, o‘qitish va imtiyozli kreditlar bilan ta’minlash, ishga joylashtirish hamda huquqiy-psixologik yordam ko‘rsatish, salomatligini tiklash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish, yoshlar daftari, temir daftardagi fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish Qo‘qon shahrida ushbu masalaga mas’ul bo‘lgan barcha mutasaddilarni mas’uliyatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

Davlat dasturlari doirasida aholiga imtiyozli kreditlar taklif etayotgan banklarga ishlar ko‘lamini kengaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

 

Aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlar uchun malakali va yosh kadrlar yetkazib berish bo‘yicha shahar shtabi tashkil etilishi belgilandi.