Tue. Apr 23rd, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 56-“Navro‘z” mahallasida hokim yordamchisi faoliyatini o‘rgandi. Xususan, ko‘pqavatli uylar hududida tashkil etilgan aholiga xizmat ko‘rsatish markazi bilan tanishdi. Ayni paytda chevarchilik yo‘nalishida bu yerda o‘ndan ziyod ayol-qizlar ish bilan ta’minlangan.

 

Shahar hokimi yengil tipda qurib bitkazilgan binoda aholi ehtiyojlari uchun boshqa xizmatlarni ham tashkil etish, bu yerda mahalladagi ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

Marufjon Usmonov 55-mahallada hokim yordamchisi ko‘magi bilan tashkil etilayotgan yangi tikuvchilik sexi bilan ham tanishib, tadbirkor bilan suhbatda bo‘ldi. Kredit va aylanma mablag‘ bo‘yicha qilingan murojaat yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.