Wed. Apr 24th, 2024

Og‘ir ijtimoiy holatga tushib qolgan Yoqutxon Haqimova Marufjon Usmonovning qabuliga oqqon kasaliga uchragan farzandini davolash uchun moddiy yordam so‘rab keldi. Qo‘qon shahridagi Prezident Xalq qabulxonasi, murojaatlardagi masalalarga aloqador mas’ul rahbarlar ishtirokida o‘tkazilgan qabulda shahar hokimining ko‘rsatmasiga asosan masala joyida hal bo‘ldi. Bemor bolani Farg‘ona shahrida davolash uchun bepul tibbiy yo‘llanma berildi. Safar harajatlari va dori-darmon uchun moddiy yordam ko‘rsatishi belgilandi.

 

✍️ Fotimaxon Nishonovaning ijtimoiy holatini yaxshilashda ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha qilan murojaati ham shahar Xotin-qizlar Kengashi mutasaddilari ishtirokida ko‘rib-chiqilib, ijtimoiy ro‘yhatga kiritish, tadbirkorlikka yo‘naltirish choralari ko‘rildi.