Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mahalla mutasaddilariga “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni ijrosini ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, hamda ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.
Shahar hokimi Prezident Farmoni asosida, mahalla tizimida ayollar bilan ishlash bo‘yicha tashkil etilayotgan yangi lavozimlar, buning maqsad-mohiyati xususida ma’lumot berdi. #ozbekiston #qoqon #ayollar #mahalla #ShavkatMirziyoyev