Soliq inspeksiyasi kubogi uchun ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan mahallalararo turnirning ochilish marosimida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi.
Shahar hokimi davlatimiz rahbari tomonidan aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzi g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga qaratilayotgan yuksak e’tibor, buning natijasida yurtimizda mahallalar kesimida tashkil etilayotgan sport musobaqalarida minglab turli toifadagi aholi qatlamlari ishtirok etayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Qo‘qon shahar hokimligi, Davlat soliq inspeksiyasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Qo‘qon shahar Xotin-qizlar Kengashi, Jismoniy tarbiya va sport bo‘limi tomonidan 2-BO‘SMda tashkil etilgan musobaqalarda Qo‘qon shahrining barcha mahallalaridan 200 dan ziyod ayol-qizlar qatnashdilar.