Xususan, 7-Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘tkazilgan tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, viloyat va shahar faollari, adabiyotshunos olimlar, harbiylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Marufjon Usmonov davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakatimizda buyuk bobokalonimiz me’rosini o‘rganishga qaratilayotgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tdi.
Dunyoda tahlikali vaziyat kuzatilayotgan, ma’naviy xurujlar ortayotgan bir paytda Alisher Navoiy kabi ajdodlarimiz qoldirgan ulkan xazinani o‘rganish, yoshlar ongu shuuriga singdirish, asarlarida aytilganidek, xalq dardi bilan yashash, aql-idrok bilan, birlashib bilimlarni amaliyotda qo‘llash orqali ko‘zlangan ezgu maqsadlarga erishish mumkinligi qayd etildi.
Adabiy-badiiy tadbirda Alisher Navoiy she’rlariga bastalangan g‘azallar, bobokalonimiz hayoti va ijodiga oid sahna ko‘rinishlari tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.