Wed. Dec 6th, 2023

Qo‘qon shahar hokimi O‘zbekiston-Ozarbayjon hududlararo forumida ishtirok etdi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston-Ozarbayjon ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishi va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning ikki tomonlama uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tdi.

Forumda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Ozarbayodjonning Sheki shahri ijroiya hokimiyati rahbari Elxan Usubov bilan muzokarlar olib bordi. Uchrashuv chog‘ida turli sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama etilib, birodarlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Prezidentimiz Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabborovni qabul qilib, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama etgan edi.