Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Fri. Sep 20th, 2024


Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 57-sessiyasi o‘tkazildi. Sessiyada Senat qarori bilan Qo‘qon shahriga qo‘shilayotgan hududlarda adminstrativ boshqaruvni qabul qilib olish, ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalari, biznes sub’ektlari, kommunikasiya tizimlarini tasarruf etish, yangi qo‘shilayotgan hududlarni Qo‘qon shahar jamoat transporti tarmog‘iga biriktirish masalalari muhokama etildi.

Qo‘qon shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun muhim va tarixiy qaror deputatalar tomonidan ma’qullanib, ijro uchun qabul qilindi.

👆Ma’lumot uchun: Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanidan 1,4 ming gektar, Dang‘ara tumanidan 815 gektar, Uchko‘prik tumanidan 425 gektar, jami 2,6 ming gektar (shundan,1 ming ga qishloq xo‘jaligi yeri) yer maydoni Qo‘qon shahri tarkibiga o‘tkazildi.

Click to listen highlighted text!