Sat. Apr 20th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik doirasida Qo‘qon shahridagi ziyorat turizmi ob’ektlarini obod etish choralarini ko‘rmoqda.

 

👉 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni ijrosini ta’minlash, hamda festival’ga tayyorgarlik doirasida, Qo‘qon shahridagi ziyorat ob’ektlarida rekonstruksiya, yo‘l, kommunikasiyalarni yangilash va zarur infratuzilmalar yaratish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda.

 

Marufjon Usmonov “Tah’ya” ziyoratgohi xududi, rekonstruksiya qilish loyihasi bilan tanishib chiqib, mutasaddilarga vazifalar belgilab berdi.