Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Mon. Dec 9th, 2024

“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Charxni ko‘prigi” mahallasida o‘tkazilgan bayram tadbiriga ehtiyojmand fuqarolar, nuroniylar va faollar taklif etildilar.

Aholi uchun osh damlanib, bayram dasturxoni yozildi. Mahalladagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ko‘p bolali oilalar, yolg‘iz keksalar holidan ham xabar olindi.

Bayram tadbiriga Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, shahrimizdagi Prezident Xalq qabulxonasi mudiri ham tashrif buyurdilar.

Shahar hokimi so‘nggi yillarda mamlakatimizda mahalla tizimida amalga oshirilgan ulkan islohotlar, aholining ijtimoiy muammolarini mahallabay va xonadonbay hal etish borasida olib borilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tib barchani bayram bilan muborakbod etdi.

Tadbir so‘nggida Qur’on o‘qilib, yurtga tinchlik-osoyishtalik, aholi dasturxoniga to‘kin-sochinlik, Yurtboshimizga sihat-salomatlik tilab duolar qilindi.

Click to listen highlighted text!