Wed. Apr 24th, 2024

45-“Ashurali Zohiriy” mahallasiga aholining ijtimoiy muammolarini o‘rganish maqsadida kelgan Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ushbu mablag‘ hisobidan mahallada rejalashtirilgan ishlar xususida ma’lumot berdi.

Oktyabr’-noyabr’ oylarida ushbu mahallada bir necha ko‘chani asfal’tlash, yangi yoritish tizimlarini o‘rnatish, aholining suv ta’minotini yaxshilash va bahor mavsumida yangi elektr energiyasi transformatorini o‘rnatish rejalashtirilgan. Shahar hokimi Qo‘qon shahrida sodir etilgan jinoyatlar xususida ham to‘xtalib o‘tib, mahalla aholisini ogoh bo‘lishga, mahalladagi muammolarni bahamjixat hal etishga chaqirdi.