Tue. Apr 16th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 1-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan kapital-qurilish ishlari bilan tanishdi.

 

Shahar hokimi mutasaddilarga yangi qurilayotgan o‘quv binosini boshqa qurilmalarga halaqit bermaydigan masofada loyihalash va qurish, maktabga kirish qismini yo‘l xarakati xavfsizligini inobatga olgan holda loyihalash, qurilish ishlarini sifatli qilib, o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.