Fri. Apr 19th, 2024

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish maqsadida olg‘a surilgan 5 muhim tashabbus doirasida Qo‘qon shahrida yoshlar o‘rtasida ommaviy sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

 

Qo‘qon shahar hokimligi. shahar Sportni rivojlantirish bo‘limi hamkorligida O‘rda maydonida stol tennisi, badminton, sharq yakkakurashlari, gimnastika kabi sport turlari bo‘yicha ommaviy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

 

Yoshlarni sog‘lom va baquvvat qilib voyaga yetkazish, ular o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib etish maqsadida o‘tkazilayotgan musobaqalarda yuzlab yoshlar faol ishtirok etmoqdalar.