Tue. Apr 16th, 2024


Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 28-maktabda kasb-hunar tugaraklarini tashkil etish choralarini ko‘rdi.

Xususan, maktab hududida oldindan faoliyat yuritib kelgan duradgorlik ustaxonasi qoshida yoshlarni kasbga o‘qitish markazi tashkil etiladigan bo‘ldi.

Shahar hokimi mutasaddilarga ustaxonani zarur jixoz va uskunalar, ko‘rgazmali materiallar bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, maktabda informasion texnologiyalar kabi boshqa kasb va hunarlarga o‘qitishni tashkil etish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilib, ushbu masalalar bo‘yicha mas’ullar belgilandi.