Qo‘qon shahar hokimligi, shahar Xotin-qizlar Kengashi va “Tadbirkor ayol” uyushmasi shahar bo‘limi tomonidan tashkil etilgan o‘quv seminarlarda biznes ko‘nikmalariga ega bo‘lgan Vasilaxon Farmonova tadbirkorlik faoliyatini boshladi.

Yosh tadbirkor imtiyozli kredit evaziga zarur dastgohlar va uskunular sotib olib “Vanilla” pazandachilik o‘quv markazini tashkil etdi.

O‘quv markazining tantanali ochilish marosimida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etib, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli mamlakatimizda ehtiyojmand va ishsiz ayollarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash imkoni yaratilganini ta’kidlab o‘tdi.

2021 yilning o‘tgan davrida Qo‘qon shahrida 1000 dan ziyod ayol-qizlar tadbirkorlikka yo‘naltirilib, 6 milliard so‘mdan ziyod imtiyozli kredit mablag‘lari bilan ta’minlandi.