Fri. Apr 19th, 2024

58-“Bunyodkor” mahallasi binosining tantanali ochilish marosimida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirok etdilar. Shahar hokimi mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mahalla tizimi uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, berilgan yangi vakolatlar joriy etilgan yangi lavozimlar bu boradagi ishlarni mutlaqo yangi bosqchiga olib chiqish imkonini berganini ta’kidlab o‘tdi.

 

Marufjon Usmonov mahalla maskani bilan tanishib, mutasaddilarga o‘zining takliflari va fikr-mulohazalarini bildirdi. Aholi muammolarini hal etish, ijtimoiy holatini yaxshilash bo‘yicha mutasaddilarga vazifalar belgilab berdi.