Mahalalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari mehnat samaradorligini oshirish, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va muammolarini hal etishda (KPI) ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan faollar tajribasini keng targ‘ib etish maqsadida Qo‘qon shahrida xotin-qizlar faollari uchun seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.
Xususan, 65-“Sunbula” mahallasida o‘tkazilgan treningda ham ushbu mahallada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faoli faoliyati tahlil etilib, o‘zaro tajriba almashildi. “Sunbula” mahallasi xotin-qizlar faoli (KPI) mehnat samaradorligini baholash reytingi bo‘yicha Qo‘qon shahrida eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishdi.
Seminar ishtirokchilari Ra’noxon Begmuratovaning ilg‘or tajribasini o‘rganib, o‘z hududlarida ish uslublarini joriy etishni maqsad qilib oldilar.
Sanoat bozorlari hududida joylashgan mahallada, ayniqsa ishsiz ayollar bandligini ta’minlash, kichik biznes va tadbirkorlikka yo‘naltirish borasida yuqori natijalar qayd etildi.
Xususan, 100 ga yaqin ayollar daftarida turadigan fuqarolar mahalladagi ishlab chiqarish korxonalariga ishga joylashtrildi. 20 ga yaqin ayollar tikuvchilik, pazandachilik, parrandachilik kabi yo‘nalishlarida imtiyozli kreditlar asosida yangi kichik biznes sub’ektlarini tashkil etdilar.