Seminarda uyushma tomonidan 2022 – “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy ishlarni tasviriy targ‘iboti ishlari orqali keng ommaga yetkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar xususida ma’lumot berilib, “Insonga e’tibor va siffatli ta’lim yili”da targ‘ibot sohasiagi ustuvor vazifalar muhokama etildi.
Korxona, idora tashkilotlar, mahalla tizimi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan seminarda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, ularni yorqin, ijodiy uslubda aholiga yetkazish, fuqarolar o‘rtasida bunyodkorlik, qonunga itoatkorlik, Vatanga muhabbat, o‘zaro hurmat tuyg‘ularini shakllantirish bo‘yicha uslubiy ko‘nikmalar berildi.