Sat. Apr 20th, 2024

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qo‘qon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivalini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 430-sonli qaroriga (https://lex.uz/pdfs/5499690) asosan 2022 yilda Qo‘qon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivalini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi hamda “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

 

Qo‘qon shahrida festival’ga tayyorgarlik bo‘yicha faollar yig‘ilishi o‘tkazilib (https://qoqon.uz/qoqonda-ii-xalqaro-hunarmandchilik-festivalini-otkazish-vazifalar-belgilandi/), amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi. Ayni kunlarda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov tarixiy obidalar va ziyorat ob’ektlarini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, zarur bo‘lganda – ta’mirlash choralarini ko‘rmoqda. Bugun shahar hokimi O‘rda maydonida olib borilayotgan obodonchilik ishlarini ko‘zdan kechirib, mutasaddilarga navbatdagi vazifalarni belgilab berdi.