Sektorlar kesimida voleybol, mini-futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarning shahar bosqichining ochilish marosimida 3-sektor rahbari, Qo‘qon shahar ichki ishlar boshlig‘i, podpolkovnik Nurulloxon Sultonov ham ishtirok etib, sektor rahbarlari nomidan ishtirokchilariga bellashuvlarda muvaffaqiyatlar tiladi.
Erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Kasaba uyushmalari kubogi musobaqalarida Qo‘qon shahridagi maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari qatnashmoqdalar.