Wed. Dec 6th, 2023

 

Qo‘qon musiqali drama teatri maydonida o‘tkazilgan bayram tadbirida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, shahrimizdagi idora, tashkilotlar, mahallalar, ta’lim muassasalari mutasaddilari, deputatlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Marufjon Usmonov mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ulkan islohotlar, shahrimizda o‘z aksini topayotgan bunyodkorlik, rivojlanish hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda kuzatilayotgan o‘sish sur’atlari xususida tuxtalib o‘tib, barchani bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

El suygan san’atkorlar, badiiy jamoalarning chiqishlari O‘zbekiston bayroqlarini hilpiratib konsert dasturini maroq bilan tomosha qilgan minglab tomoshabinlarga bayramona kayfiyat baxsh etdi.

Ayniqsa yosh avlod vakillari, bolalar san’atkorlarga jo‘r bo‘lib, qo‘shiq aytib, raqsga tushib, quvnab o‘ynadilar. Tadbir nihoyasida tunggi osmon uzra otilgan mushaklar maydonda jam bo‘lgan hamshaharlarimizni yanada hushnud etdi.