Davra suhbatida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilada farzand tarbiyasi, kitobxonlik va ma’naviyat sohasiga oid ko‘plab masalalar muhokama etildi.
Qo‘qon shahridagi faol ayollar, jamoat tashkilotlari, mahalla, ta’lim tizimi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan muhokamada faol, interaktiv uslubda ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy sohalarda kun tartibida dolzarb bo‘lib turgan muammolarga e’tibor qaratildi.
Respublika ma’naviyat ma’rifat markazi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Farg‘ona viloyati oila va xotin qizlar boshqarmasi hamda Qo‘qon shahar hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirni Qo‘qon shahri atrof tumanlaridagi studiyalardan ham jonli efirda ishtirokchilar kuzatib bordilar.