Fri. Mar 29th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 32-fizika va matematikaga ixtisoslashgan maktabida xalq ta’limi bo‘limi, Qo‘qon shahridagi oliy ta’lim muassasalari mutasaddilari va maktab o‘qituvchilariga imkon qadar ko‘proq bitiruvchi yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga kirishini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.

 

Shahar hokimi OTMga kirishni rejalashtirayotgan har bir o‘quvchi bilan individual ishlash, uquvchilarning kirish imtixonlaridagi fanlar bo‘yicha bilimlarini muntazam baholab borish va o‘zlashtirish darajasi past bo‘lgan mavzular bo‘yicha maqsadli ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

Shahar hokimi bo‘lajak abiturientlarning ota-onalari bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilarni OTMga tayyorlash bo‘yicha yuqori tajribaga ega bo‘lgan boshqa tuman, shaharlardagi pedagoglarni ham jalb etish yuzasidan topshiriqlar berdi.