Alisher Navoiyning 581 yilligi munosabati bilan Allomalar muzeyida o‘tkazilgan adabiy-badiiy tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan buyuk bobokalonimiz ijodiy me’rosini o‘rganish va keng targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.
📖 Adabiyotshunoslar, pedagoglar, keng jamoatchilik vakillari hamda Qo‘qon davlat pelagogika instituti talabalari ishtirokida Alisher Navoiyning yaratgan asarlari qatorida, komil insonni tarbiyalash kabi ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalari xususida so‘z bordi.
Yoshlar tomonidan namoyish etilgan sahna ko‘rinishlarida Alisher Navoiyning yashagan davri, hayoti, ijodi va dunyoqarashi aks ettirildi.