Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, mahalla tizimi mutasaddilari, profilaktika inspektorlari, mas’ul idora, tashkilotlar mutasaddilariga Prezidentimizning “Migratsiya sohasini takomillashtirish, tashqi mehnat migratsiyasini diversifikatsiyalash, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash, xorijda mehnat migratsiyasida bo‘lgan va rasmiy ravishda xorijda ishlash istagi bor fuqarolarni aniqlash va ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.
“Chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish, mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni reintegratsiya qilish va bandligini ta’minlash oldimizda turgan eng dolzarb masalalardan biri”, dedi Marufjon Usmonov.