Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov yangi foydalanishga topshirilgan 54-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, mutasaddilarga ta’lim samaradorligini oshirish, bolalarda inson hayoti davomida kerak bo‘ladigan eng muhim ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
“Barcha maktabgacha ta’lim muassasalarini eng zamonaviy o‘quv jihozlari, bola ongini rivojlantiruvchi o‘yinchoqlar va kasb-hunarga o‘rgatuvchi to‘plamlar bilan shahar byudjeti hisobidan ta’minlab beramiz”, dedi Marufjon Usmonov pedagoglar va tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida.