Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mahalla tizimi mutasaddilariga fuqarolarning ijtimoiy holatini yuksaltirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, mahallalarda ma’naviy muhitni yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilab berdi. O‘z faoliyatida yuksak natijalarga erishayotgan mahalla raislariga esdalik sovg‘alari topshirildi.