Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan uylarning tomlari, yerto‘lalari, podyezd, eshik va romlari ta’mirlanib, tashqi fasadlari ko‘rkam ko‘rinishga keltirilmoqda.
Hususan, Shohruxobod ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarda eski eshiklar yangi temir eshiklarga alishtirilmoqda. Podyezdlardagi devor, zinalar ham pardozlanmoqda.
Ma’lumot uchun: Ayni paytgacha Qo‘qon shahrida 700 ta ko‘p qavatli uylar mavsumga shay holatga keltirildi. 221 uyning tomlari, 55 ta uyning kirish yo‘laklari, 188 ta uyning fasadlari ta’mirlandi.