Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Kiyim va kiyinish madaniyati” milliy modalar ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Shahar hokimi mamlakatimizda so‘nggi yillarda o‘sib kelayotgan avlod o‘rtasida milliy madaniyatimizni keng targ‘ib etish, ma’naviyatimizni yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.
Milliy liboslar ko‘rgazmasida shuningdek, maktab formasi uchun taklif etilayotgan dizaynlar ham namoyish etilib, milliy matolardan tikilgan liboslar tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.