Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sun. Dec 8th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Farg‘ona viloyati Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Baxodirjon Xoliqov hamda Respublika Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bo‘lim boshlig‘i Ravshanjon Otaboevlar 75 nafar ijtimoiy daftarlarga kiritilgan, ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarga tikuv mashinalari va 1 nafariga inkubatorni tantanali ravishda topshirdilar.

Shuningdek 14 nafar nogironligi bor fuqarolarga e’tibor ko‘rsatilib, ijtimoiy muammolari hal etildi. Mutasaddilar salomatligi tufayli og‘ir ijtimoiy holatga tushib qolganlarga nogironlik aravachalarini topshirdilar.

Subsidiya asosida inkubatorga ega bo‘lgan Raximaxon Ermatova ko‘p yillardan beri parrandachilik bilan shug‘ullanadi ammo ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun yetarli mablag‘i yo‘q edi. “Isfara guzar” mahallasi mutasaddilarining say’-harakatlari bilan fuqaro doimiy daromad manbai bilan ta’minlandi.

28-“Achiqko‘l” mahallasida istiqomat qiladigan Xotimatova Gulsanamxon esa bir nafar farzandni yolg‘iz tarbiya qilmoqda va daromad manbaiga muxtoj edi. Endilikda tikuv mashinasi bilan ta’minlangan fuqaro oldiga yangi rejalarni qo‘yib harakat qilmoqda.

Qo‘qon shahrida joriy yilda, Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida, 1282 ta fuqarolarga 20 mlrd so‘mdan ziyod imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi. Ijtimoiy daftarga kiritilgan ayollar bandligini ta’minlash maqsadida 321 nafar fuqarolarga tikuv mashinalari, 1 nafar fuqaroga inkubator subsidiya asosida taqdim etildi.

Click to listen highlighted text!