Wed. Jun 26th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, harbiylar, yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida Ikkinchi Jaxon urushi veterani – Usmonjon Rahimovning xonadoniga tashrif buyurdilar.

 

Shahar hokimi davlatimiz rahbarining 9 may-Hotira va qadrlash kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirib, esdalik sovg‘alari va pul mukofotini topshirdi.

 

Marufjon Usmonov mavjud muammo-masalalar bilan ham qiziqib, mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

 

Usmonjon Rahimov ko‘rsatilgan e’tibor uchun davlatimiz rahbariga o‘zining chuqur minnatdorchiligini izhor etib, samimiy tilaklarini bildirdi.