Sat. Apr 20th, 2024

Fitrat ko‘chasi, 14-xonadonda istiqomat qiladigan Sanobarxon Alimova ayollar daftarida ro‘yxatda turadi. Xonadonma-xonadon yurib, muammolarni o‘rganish davomida fuqaro uy-joy maslasi bo‘yicha murojaat etgan edi. Fuqaro Alimovaning murojaatiga asosan 3 ta uy, oshxona, sanitariya tizimlari yangitdan qurib berildi.

 

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov qurilish-ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetkazilishi munosabati bilan fuqaroning xonadonida bo‘ldi. Shahar hokimi amalga oshirilgan hayrli ishlarga davlatimiz rahbari tomonidan zhtiyojmand fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etishga qaratilgan tashabbuslari tufayli imkon yaratilganini ta’kidlab o‘tdi.