Fri. Apr 19th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 28-“Achiqko‘l” mahallasida hokim yordamchilari tomonidan taklif etilgan fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqdi.

Hokim yordamchilari tomonidane mahallada o‘tkazilgan hatlov natijasiga ko‘ra, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish va boshqa bir qator masalalar bo‘yicha fuqarolarning muammolari aniqlangan edi. Shahar hokimi darajasida hal etiladigan masalalar bo‘yicha hokim yordamchilari fuqarolarni Marufjon Usmonovning sayyor qabuliga taklif etdilar.

Shahar hokimi har bir fuqaro bilan suhbatda bo‘lib, muammo-masalalarni hal etish choralarini ko‘rdi. Tadbirkorlarning ayrim murojaatlari joyida borib o‘rganiladigan bo‘ldi.
#ozbekiston #qoqon #mahalla #hokimyordamchilari #qabul #fuqaro #tadbirkorlik