Xususan, “Ashurali Zohiriy” mahallasida istiqomat qilayotgan nogironligi bor va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar xonadoniga Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, mahalla va sog‘liqni saqlash mutasaddilari tashrif buyurib, “yoz-qish” rusumidagi kondisionerlarni beg‘araz yordam sifatida topshirdilar.