Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev tomonidan mamlakatimizda so‘z erkinligini ta’minlash, ijtimoiy-siyosiy va sosial-iqtisodiy rivojlanishning muammoli masalalarini hal etishda ommaviy axborot vositalari va bloggerlarning rolini oshirish bo‘yicha belgilab bergan vazifalar ijrosini ta’minlash, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Qo‘qon shahar hokimligi tomonidan blogger Nigora Alimova va Komil Axmedovlarga domen va xosting akkauntlar ro‘yxatdan o‘tkazilib, veb-saytlari yaratilmoqda.
Kelajakda bloggerlarning veb-saytlarini elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish va rasmiy media sifatida faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.