Wed. Apr 24th, 2024
Қўқон шаҳар ҳокими ёшлар билан учрашди

Qo‘qon kasb-hunar maktabida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonovning yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.

 

Aholini kasb-hunarga tayyorlash bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘qon shahrida yoshlarning bandligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

 

Uchrashuvda Qo‘qon shahar hokimining o‘rinbosarlari, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, mahalla tizimi mutasaddilari, vakant lavozimlari mavjud korxona-tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

 

Marufjon Usmonov mamlakatimizda davlatimiz rahbari tomonidan o‘sib kelayotgan yosh avlodni salohiyatlarini namoyon etish, mehnat bandligini ta’minlash, ijtimoiy holatini yaxshilashga qaratilayotgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tdi.

 

Yoshlarga shahar mehnat bozorida mavjud imkoniyatlar xususida ma’lumot berilib, korxonalar bilan tuzilgan shartnomalar asosida 20 dan ziyod yoshlarning bandligi ta’minlandi.