Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan muloqot qilib, o‘tgan davr mobaynida ushbu sohada amalga oshirilgan ishlarni tahlil etdi.
Xususan, o‘z faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan mas’ullar faoliyatiga baho berilib, mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Qo‘qon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbari lavozimida ishlab kelgan Ikromov Xurshid Mansurovich o‘z vazifasidan ozod etilib, shu kunga qadar “Isfara guzar” mahallasi hokim yordamchisi vazifasini bajarib kelgan Axmedov Maqsud Mansurovich Qo‘qon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
“Har bir hokim yordamchisi muhokama etilgan masalalardan hulosa chiqarib, o‘z faoliyatida keskin burilish yasashi shart” dedi Marufjon Usmonov.