Xususan 47-“Rayxon” mahallasida tashkil etilgan issiq ovqat tarqatish markazida 50 kilogramm osh damlandi.
Prezident oshini tannovul qilgani kelgan fuqarolar uchun Qo‘qon shahar Mudofaa bo‘limi tomonidan taqdim etilgan palatka oshxonalar va issiq suv qaynatish uskunalari xizmat qildi.
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mahalla ahliga oshni o‘zi suzib berib, fuqarolarga dalda berdi. Oshdan so‘ng Qur’on-tilovat qilinib, yurtga omonlik, sinovli kunlarda birdamlik tilandi.