Sat. Apr 20th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Abu Toyib Huqandiy mavzesida o‘z faoliyatini boshlagan KFC (kentucky fried chicken) restoranining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

Shahar hokimi shahrimizda II-Xalqaro hunarmandchilik festivali oldidan faoliyat boshlagan yangi ovqatlanish muassasasi nafaqat hamshaharlarimiz, balki shahrimizga butun jaxondan kelayotgan sayyohlarga ham munosib xizmat ko‘rsatishiga ishonch bildirdi.

O‘zbekistonda ochilgan bunday restoranlarning o‘nto‘rtinchisi va haridorlarga avtomobilidan tushmasidan (Drive thru) xizmat ko‘rsatayotgan mamlakatimizdagi ikkinchi KFC restoranida 60 nafardan ziyod yoshlar doimiy ish bilan ta’minlandi. 45 nafar Qo‘qonlik yoshlar Toshkent shahrida malaka oshirib keldilar.

Ayni paytda, restoran turli ijtimoiy qatlamlardagi fuqarolarga 10 ming so‘mdan 145 ming so‘mgacha bo‘lgan tayyor taomlar va desertlarni taklif etmoqda. Barcha mahsulotlar xalqaro oziq-ovqat havfsizligi standartlariga javob beradi.