Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Tue. Oct 15th, 2024

Ayni paytda, 10-oilaviy poliklinikada tug‘ma yurak nuqsoni, ortopedik va ko‘z kasalliklari bilan hastalangan hamda plastik jarrohlik amaliyotlariga muhtoj ehtiyojmand oilalarda tarbiya olayotgan bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

 

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda Oliy Majlisning Mehnat va ijtimoiy masalalar bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tibbiy ko‘rikda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi.

 

Marufjon Usmonov mamlakatimizda so‘ngggi yillarda bolalar salomatligini mustahkamlash, ehtiyojmand oilalarning farzandlarini davolashga qaratilayotgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tdi.

 

Tibbiy ko‘rikda Respublika bolalarni qo‘llab- quvvatlash jamoat fondi ijrochi direktori Marat Sodikov, Oliy Majlis Konunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi Mavlyudaxon Xodjaeva va boshqa rasmiylar ishtirok etmoqdalar.

Click to listen highlighted text!