Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sun. Dec 15th, 2024

Qo‘qon shahridagi Jome’ majmuasida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining Turizm masalalari bo‘yicha vazirlarining VI yig‘ilishi va Turizm bo‘yicha Ishchi guruhning XV yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Yig‘ilishda Kengashga a’zo davlatlarda turizm sohasining pandemiyadan keyingi tiklanishi, «Tabarruk ziyorat» loyihasini amalga oshirish, Qo‘qon shahrini «Zamonaviy ipak yo‘li» dasturiga kiritish hamda a’zo davlatlarning yirik shaharlari o‘rtasida xalqaro aviareyslarni tiklash masalalari muhokama etildi.

 

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov O‘zbekiston tomonidan Turkiy kengashning ilk turizm poytaxti sifatida Qo‘qon shahri nomzodini ilgari surdi va taklif barcha ishtirokchilar tomonidan qo‘llab quvvatlandi.

 

Turkiy Kengash raisi Bagdad Amriev Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonovga turizm poytaxti shahrining ramziy kalitini topshirdi.

Click to listen highlighted text!