Fri. Jun 14th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, mutasaddilar ishtirokida, shahar tug‘ruqxonasida qishki mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha olib borilgan ishlar bilan tanishib, yangi zamonaviy qozonxona va yoqilg‘i omborini barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Prezidentimizning “Issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish va issiqlik ta’minoti korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida quriladigan yangi qozonxona foydalanishga topshirilishi bilan tug‘ruqxonadagi issiqlik tizimiga ulanadi.