Thu. Apr 25th, 2024

Davlat idoralari, ta’lim muassasalari, davlat ulushi bo‘lgan korxona-tashkilotlar mutasaddilari, deputatlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida poraxo‘rlik jinoyatini oldini olishga doir masalalar muhokaama etildi.

 

Tadbirda ishtirok etgan Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mamlakatimizda davlatimiz rahbari tmonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimlari takomillashtirish, davlat organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash, ishga olish, davlat xaridlari, ruxsatnoma va lisenziyalar berish kabi jarayonlarni oshkoralik bilan tashkil etish, davlat idorlarida ichki korrupsiyaga qarshi choralarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi “komplaens nazorat” tizimini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

 

Qo‘qon shahar prokurori Ulug‘bek Hamdamov shahrimizda yil boshidan beri bu borada qonuniylikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, davlat idorrloarida korrupsiyaning oldini olish maqsadida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar xususida axborot berib, barchani noqonuniy hatti-harakatlardan ogohlantirdi.

 

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha QDPI Milliy g‘oya ma’naviyat asoslari va huquqiy ta’lim kafedrasi mudiri Manzuraxon Aminova, deputatlar va boshqa ishtirokchilar ham o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

 

Yig‘ilishda shuningdek fuqarolar murojaaatlari bilan ishlash, ta’lim -g‘tarbiya ishlari samaradorligini oshirish bo‘yicha ham vazifalar belgilab berildi.