Thu. Jul 25th, 2024

Hurmatli shahrimiz yoshlari!

7-iyun, juma kuni, soat 11:00 dan 13:00 ga qadar Qo‘qon shahar hokimining yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti o‘tkaziladi.

Muloqot chog‘ida yoshlarning shahrimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha takliflari, innovasion g‘oyalari hamda ta’lim, mehnat bandligi, tadbirkorlik kabi masalalarda murojaatlari ko‘rib chiqiladi.

Qo‘qon shahar hokimligi Faollar zalida bo‘lib o‘tadigan muloqot jonli efirda ijtimoiy tarmoqlarga uzatiladi.

Qabulga ro‘yxatdan o‘tish uchun +998911431331 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Murojaatlaringizni hozirdan telegramdagi Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy botiga @KokandHokimBot yuzerneymiga yo‘llang!

Qadrli yoshlar o‘z salohiyatingizni namoyon etish va muammo masalalarini tezkorlik bilan hal etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!