4 soatdan beri davom etayotgan qabulda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, shu vaqtga qadar, 40 nafar fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqdi.
👮♂️ Qabulda sektor rahbarlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari, Prezident Xalq qabulxonasi, Bosh vazir qabulxonasi mutasaddidari, mahalla raislari, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarga aloqador boshqa mas’ul rahbarlar ishtirok etmoqdalar.
Shahar hokimi modiiy yordam, uy-joy ta’miri, kredit, kommunal muammolar kabi ko‘plab masalalarni joyida hal etish choralarini ko‘rmoqda.
Ma’lum vaqt talab etadigan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ijrosi shahar hokimining nazoratiga olinmoqda.